Telegram-bot Virtual qabulxona

17.10.2024

Yoʻq gaz uchun hisoblangan 4,5 million soʻm qarz sud orqali bekor qilindi

Koson tumani "Mesit" mahallasida yashovchi fuqaro Oʻ.A. tabiiy gazdan xonadoni uchun alohida abonent raqami ochgan holda hamda amaldagi “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” talablariga muvofiq foydalanib kelgan. Biroq bundan bir necha yil muqaddam xonadongacha yetarli miqdordagi bosim yetib bormasligi sababli, fuqaroning roziligiga koʻra, dalolatnoma asosida tabiiy gaz tarmoqdan uzib qoʻyilgan. Shunga qaramasdan, tuman gaz idorasi xonadon uchun gaz sarfi hisoblashda davom etgan. Oqibatda, toʻlovlardan katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelgan.

Fuqaroning shu haqdagi murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilganda gaz ta'minoti idorasi tomonidan iste'molchining xonadoniga oʻrnatilgan hisoblagich koʻrsatgichlaridan ortiqcha, ya'ni yetkazib berilmagan tabiiy gaz uchun  4 million 502 ming soʻm qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi. Qolaversa, mavjud qarzdorlik toʻgʻrisida fuqaro yillar davomida biror marta ogohlantirilmagan.

Murojaatni oʻrganish natijalariga koʻra, aniqlangan asossiz qarzni bekor qilish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud tomonidan da'vo talabi qanoatlantirilib, hisoblangan qarzdorlikni bekor qilish hamda barcha xarajatlarni javobgar tomondan undirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00