
19.07.2024
Joriy yilning 2-iyul kuni Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Karmana tuman jamiyatiga fuqaro T.R. ogʼzaki murojaat qilgan.
Fuqaro murojaatida 2024-yilning 10-iyun kuni Karmana tumani dehqon bozori yonida joylashgan savdo doʼkonidan 1 800 000 soʼmga elektrovelosiped uchun quvvatlagich sotib olganligi, lekin sifati yaxshi boʼlmaganligini ma'lum qilib, tadbirkordan ushbu mahsulot uchun toʼlagan pullarini qaytarib olishda amaliy yordam so'ragan.
Ushbu murojaat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilib, Karmana tumani "Dehqon" MFYda joylashgan "Agro Moto" MChJ rahbariga "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼg'risida"gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalari toʼgʼrisida huquqiy tushunchalar berildi. Natijada, iste'molchi to'lagan 1 800 000 so'm pul mablag'i to'liq qaytarildi.