Telegram-bot Virtual qabulxona

25.05.2023

2 yarim million so'mlik nosoz televizor sifatlisiga almashtirildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahri "Guliston" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.F. Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2023-yil 14-yanvarda Angor tumani Tijorat bozorida joylashgan “Xayriddin Aziddin Angor” MCHJdan 2 500 000 so’mga “Samsung” smart 45 dyumli televizorni 3 yil kafolat muddati bilan xarid  qilgan. Ammo bir necha kun o’tgach, televizor ekranida chiziqlar paydo bo`lib, nosoz holga kelib qolgan. So'ng, iste’molchi do’konga murojaat qilgan, do’kon xodimlari televizorni ta'mirlab berishni va'da qilib, uni “Samsung” servis Termiz filialiga yuborgan. Lekin ustalar televizor haqiqiy “Samsung” brendi mahsuloti emasligini aytib, servis xizmati ko’rsatmagan. Fuqaro savdo do'konidan televizorni almashtirib berishlarini so’ragan. Ammo iste’molchi murojaati e’tiborsiz qoldirilgan.

Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o’rganish ishlari o'tkazilib, haqiqatan televizor “Samsung” brendi mahsuloti emasligi aniqlandi. Savdo do’koni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so’ng, nosoz tovar sifatli televizorga almashtirib  berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00