Telegram-bot Virtual qabulxona

05.04.2024

Salkam 284 million soʻm noreal qarzdorlik isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Pop tuman ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaat kelib tushgan.

Maʼlum boʻlishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida “Nur Ziyo boshqaruv servis”, “Ramzan Oltinkon boshqaruv servis kompaniya”, “Pop tuman boshqaruv servis kompaniya” BSK MCHJ xizmat koʻrsatuvchilari tomonidan Pop tumanidagi “Paxtakor” MFY, “Istiqlol” MFY, “Doʻstlik” MFYlarda joylashgan koʻplab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Holat Pop tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, 519 ta xonadonga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.

Talabnomalarga asosan, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 284 000 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan.Jamiyat xodimlari saʼy-harakatlari natijasida noreal qarzdorliklar “Mening uyim” “Billing” dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00