Telegram-bot Virtual qabulxona

03.12.2024

11 million so'mlik muzlatgich uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Ko'kdala tumani "Zum" mahallasida yashovchi fuqaro T.K. Chiroqchi tumanida joylashgan “Ishonch” maishiy texnikalar savdo do'konidan muddatli to'lov asosida 11 million so'mga "Artel" rusumli muzlatgich sotib oladi. Biroq keyinchalik sotib olingan muzlatgichning asl narxi 6 million so'm ekanligi oydinlashadi. Sotuvchi tomonidan muzlatgichni sotishda yuqori foiz ustamalari qo'llanilganiga ishonch hosil qilgan iste'molchi bu haqda Chiroqchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi.

Fuqaroning murojaati tegishli tartibda o'rganib chiqildi. O'rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari hamda maishiy texnika vositalarini muddatli to'lov asosida sotishning o'ziga xos tartib-taomillari haqida tushuntirildi va muddatli to'lov asosida yuqori foiz ustamalari qo'llanilgan holda sotilgan muzlatgich uchun tuzilgan shartnoma bekor qilinishi, shuningdek, muzlatgich sotuvchiga qaytarilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00