
09.04.2024
Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Yuqori Valik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi A.U.ning ichimlik suv ta'minoti korxonasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste'molchi o‘z murojaatida, xonadoniga ichimlik suvi to‘lovlaridan 3 000 000 so‘m qarzdorligi mavjudligi yuzasidan talabnoma yuborilgani, lekin u xonadonida mavjud ichimlik suvi hisoblagichi ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirib kelayotganini ma'lum qilib, ushbu holatga oydinlik kiritib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Shahar jamiyati tomondan ushbu murojaat asosida "Farg‘ona suv ta'minoti" MChJ Quvasoy shahar bo‘limiga so‘rov xati kiritilib, ushbu so‘rov bo‘yicha olingan javob xatida ichimlik suvi iste'molchisi A.U.ga nisbatan haqiqatan ham noreal qarzdorlik hisoblanganligi, uni bartaraf qilish bo‘yicha yuqori turuvchi idoraga tegishli hujjatlar kiritilib, bugungi kunda mazkur masala iste'molchi foydasiga hal qilinganligi ma'lum qilindi.