Telegram-bot Virtual qabulxona

26.12.2023

ISTEʼMOLCHINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Madyarovul MFY da yashovchi fuqaro A.H yozma ariza bilan murojaat qildi.

Murojaatda bayon etilishicha isteʼmolchi “Mingbuloq dehqon bozori” hududidagi ayollar kiyim rastasidan oʻzi uchun 320 000 (uch yuz yigirma ming) soʻmga ayollar shoʻba paltosini sotib oladi. Olingan mahsulotni yashash xonadoniga olib borib kiyib koʻrganida nuqsoni borligi maʼlum boʻldi. Oradan 3 kun oʻtib mahsulotni qaytarib olib keldi va sotuvchiga qaytarib olishini aytgan lekin sotuvchi buni istamagan. Holat yuzasidan isteʼmolchi jamiyatga yozma ariza bilan murojaat qildi va jamiyat xodimlari tomonidan oʻrnida oʻrganish oʻtkazilib sotuvchi, tadbirkorga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunida nazarda tutilgan moddalar tushuntirildi va isteʼmolchining talabi boʻyicha 320 000 (uch yuz yigirma ming) soʻm miqdoridagi mablagʻi qaytarib olib berildi va murojaati ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00