
04.01.2024
Xiva shahar "Shixlar" mahallasida yashovchi fuqaro I.X. tomonidan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro Xiva shahridagi mebel do'konlarining biridan xonadoniga yumshoq mebel sotib olgan, ammo mas'ullar tomonidan iste'molchi tanlagani emas, boshqa mebel olib kelingan. Bu haqda savdo do'koniga bir necha marta murojaat qilishiga qaramay, fuqaro muammosi hal etilmagan.
Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tadbirkor bilan uchrashib, qonuniy tushuntirish olib borishi natijasida, iste'molchiga tegishli 13 000 000 so'm pul mablag'i qaytarildi.