23.06.2023
O‘zbekiston tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Oqtepa" mahallasida yashovchi S.Sh. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro "Together to our dreams" MChJ bilan tuzilgan 1 yillik kredit shartnomasiga asosan, 10 091 120 so‘mga skuter xarid qilgan. Ammo oradan bir oy o'tmasdan, skuter akkumulyatorida kuzatilgan nuqson tufayli, undan foydalanishida muammolar kelib chiqqan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish ishlari davomida qonunchilikning amaldagi talablari ijrosi ta'minlanib, skuter quvvatlagichida aniqlangan nuqson sotuvchi hisobidan bartaraf etib berilishiga erishildi.