
08.06.2023
Xonqa tuman "Qaraqosh" qishlog‘i Gʻayrat mahallasida yashovchi fuqaro P.J. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga o‘zining shaxsiy "Nexia-2" rusumli avtomobilini 5 million so'mga ta’mirlatgan. Ammo avtomashina bir kun o‘tmay, yana yaroqsiz holga kelib qolgan.
Yuqoridagi murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, mas'ullarga O‘zbekiston “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, avtomashinani ta’mirlatish uchun to'langan 5 000 000 so‘m pul mablag‘i murojaatchiga qaytarildi.