Telegram-bot Virtual qabulxona

03.02.2025

Salkam 2 million so'm noreal qarzdorlik bekor qilindi

Chortoq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Bulon" mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi M.E.ning elektr toʻlovlaridagi asossiz qarzdorlikdan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganildi.

Unga ko'ra, fuqaro xonadoniga yangi elektr hisoblagich o`rnatish uchun tuman Davlat xizmatlari markaziga ariza bergan. Ammo hisoblagich hali ishga tushirilmay, shartnomalari rasmiylashtirilmasdan tuman elektr xodimlari 1 800 000 soʻm miqdorda qarzdorligi borligini daʼvo qilayotganini ma'lum qilib, masalaga oʻz kuchi bilan oydinlik kirita olmagani sababli, muammoga yechim topilishida amaliy yordam koʻrsatilishini soʻragan.

Ushbu murojaat tuman jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganilib, isteʼmolchiga hisoblangan 1 800 000 soʻm noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00