Telegram-bot Virtual qabulxona

19.12.2024

Iste'molchining salkam 11 million so'm pul mablag'i qaytarildi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi fuqaro A.A. Urganch shahar "Jayhun" ko’chasida joylashgan “Suvstem reyd ideal” jamiyatidan 10 800 000 so’mga suv filtri xarid qilgani, kafolat muddati tugamay, nosoz holga kelganidan norozi bo’lib, pulini qaytarib berilishida amaliy yordam so’rab qilgan murojaati Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxasislari tomonidan o’rganildi.

O'tkazilgan o'rganish natijasida, sotuvchiga O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, iste'molchiga suv filtri uchun to'langan 10 800 000 so’m puli qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00