
25.08.2023
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 2023-yil 8-iyun kunidagi buyrug‘i asosida Yozyovon tumanida ham jamoatchilik eshituvi tashkillandi.
Jamoatchilik eshituvida «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar» mavzusiga bag‘ishlanib, unda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimi A.Mirzamatovning mazkur mavzu yuzasidan axboroti eshitildi.
Kun tartibining asosiy masalasi yuzasidan berilgan axborotdan so‘ng, tadbir tashkilotchisi Yozyovon tuman jamiyati mas’ul xodimlari, yoshlar ishlari agentligining tumandagi faol vakillari, kutubxona markazi xodimlari hamda Federatsiya tayanch guruhlari vakillari tomonidan davlat idorasining mas’ul xodimi tomonidan berilgan axborot yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirib o‘tildi.