Telegram-bot Virtual qabulxona

29.11.2024

Salkam 3 million so'm noreal qarzdorlik bekor qilindi

Namangan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Navqiron" mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi R.Y.ning isteʼmol qilingan elektr toʻlovlaridagi asossiz qarzdorlikdan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganildi.

Unga ko'ra, fuqaro isteʼmol qilingan elektr uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan boʻlishiga qaramay, tuman elektr xodimlari xonadonidagi hisoblagich koʻrsatkichlari boʻyicha 2 900 000 soʻm miqdorda qarzdorligi borligini daʼvo qilayotganini, masalaga oʻz kuchi bilan oydinlik kirita olmagani sababli, muammoga yechim topilishida amaliy yordam koʻrsatilishini soʻragan.

Murojaat tuman jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganilib, isteʼmolchiga hisoblangan 2 900 000 soʻm noreal qarzdorlik bekor qilinishga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00