Telegram-bot Virtual qabulxona

20.09.2023

Salkam 2 million so'm nafaqa puli o'z egasiga olib berildi

Oltinko'l tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga nafaqaxo'r K.M. tomonidan ariza kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, murojaatchi anchadan beri Oltinko‘l tumani Xalq bankidan nafaqa uchun mo'jallangan plastik kartasi hamda pensiya pulini ola olmagan.

Jamiyat sa'y-harakatlari bilan ushbu ariza ijobiy hal qilinib, iste'molchining plastik kartasi hamda nafaqa uchun hisoblangan 1 million 920 ming so'm pul mablag'i olib berilgan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00