
14.07.2023
Namangan shahar istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Davlatabod tumani "Tadbirkor" mahallasida yashovchi fuqaro Y.D. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon qilinishicha, fuqaro yangi qurilgan imtiyozli uylardan xonadon sotib olish uchun o'z ish haqidan to'lov qilib borgan. Ammo oyma-oy to’langan pullaridan daromad solig’i ushlab qolingan va shu vaqtgacha qaytarilmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi va daromad solig’i tegishli tashkilot tomonidan ko’rib chiqilib, 3 129 000 so’m murojaatchiga qaytarildi.