Telegram-bot Virtual qabulxona

11.05.2023

Asossiz 15 million so'mga oshirilgan kredit bartaraf etildi

Boysun tumani "Ko'lqamish" mahallasida yashovchi fuqaro T.M. tuman hokimiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, murojaatchi o'z xonadonida issiqxona qurish uchun "Turonbank"dan kredit olgan. Ammo issiqxona qurilgandan keyin bank xodimlari tomonidan fuqaroning kredit toʻlov miqdori hech qanday asossiz 15 000 000 so'mga oshirilgan.

Vaziyat yuzasidan tegishliligi bo'yicha Denov tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari o'tkazilib, fuqaro shikoyati o'z isbotini topdi. Natijada, texnik xatolik sabab oshirilgan kredit summasidan 15 000 000 so'm kamaytirildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00