Telegram-bot Virtual qabulxona

02.05.2023

"Agrobank" soxta shartnomalar orqali mijozlardan pul undiryaptimi?

Chiroqchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu yilning 6-aprel kuni Ko'kdala tumani "Zum" qishlog'ida yashovchi fuqaro Y.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, 2022-yil sentabr oyidan beri iste'molchi xonadoniga "Agrobank" xodimlari kelib, xonadonda yerosti ichimlik suvi qudug'ini qazish uchun murojaatchi nomiga 33 million so'm miqdorida kredit rasmiylashtirilgani, to'lov muddati kelgani bois, qarzni to'lash kerakligi aytilgan. Ammo fuqaro bankdan hech qanday kredit olmagan.

Ushbu holat bo'yicha tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, kredit olish uchun bank va murojaatchi o'rtasida tuzilgan shartnoma soxta ekanligi aniqlandi. Natijada, iste'molchi huquqlari himoya qilinib, ushbu shartnoma bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00