15.02.2023
Xatirchi tumani "Bo'gʻirdoq" MFY da yashovchi fuqaro N.E. Xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.
Murojaatda keltirilishicha, fuqaro tuman markazidagi savdo doʻkoniga elektrotexnika va roʻzgʻor buyumlari xarid qilish uchun 12 000 0000 soʻm miqdorida isteʼmol krediti mablagʻini ko'chirtirib, 6 800 000 soʻmga kerakli mahsulotlarni olgan. Qolgan 5 200 000 soʻmga muzlatkich olishni rejalashtirgan. Doʻkon egalari esa "Hozir muzlatkich yoʻq, yaqin kunlarda eng zoʻri olib kelinadi", deya fuqaroni aldagan va 2 yildan beri iste'molchiga na muzlatkich, na 5 200 000 so'mni qaytarib bergan.
Jamiyat xodimlari tomonidan ushbu murojaat o'rganilib, sotuvchiga qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada sotuvchi isteʼmolchining 5 200 000 soʻm miqdordagi mablagʻini to'lab berdi.