
16.02.2024
Fuqaro M.X. “Humans” aloqa kompaniyasining mobil ilovasi orqali 5 000 000 so'm miqdorida keshbek yigʻgan. So'ng, ushbu summani televizorga almashtirish maqsadida kompaniyaga murojaat qilgan. Keshbek abonent hisobidan yechilganki, ammo televizor fuqaroga yetkazilmagan. Shu sababdan 2024 yilning 24-yanvar sanasida fuqaro Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Holat tegishliligi bo'yicha Yashnobod tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan toʻliq tartibda oʻrganildi va "Humans" aloqa kompaniyasiga rahbariyatiga tushuntirish ishlari olib borildi. Murojaat ijobiy hal etilib, aloqa kompaniyasi tomonidan iste'molchiga televizor yetkazib berildi.