Telegram-bot Virtual qabulxona

22.08.2023

Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Joriy yilning 22-iyul kuni Yangiqoʻrgʻon tuman isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish jamiyatiga mazkur tumanning Qulluqtol MFYda yashovchi fuqaro M.A. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda bayon qilinishicha fuqaro Avto ehtiyot qismlar do`konidan avtomobiliga kerakli ehtiyot qismlar sotib oladi. Ammo xarid qilingan ehtiyot qismlarida nuqsonlar tez orada ma`lum bo`ladi. Fuqaro bundan norozi boʻlib tadbirkorga bir necha bor holat yuzasidan yuzlanganligiga qaramay. Vaziyatga tadbirkor tomonidan ijobiy munosabat bildirilmaydi.

Shundan so`ng fuqaro murojatiga binoan tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari vaziyat oʻrganilganida avtomobil uchun qoʻyilgan ehtiyot qismlar usta tomonidan belgilangan tartibda oʻrnatilmaganligi sababli qurilma sifatsiz xolga kelganligi aniqlandi. Fuqaro avtomobilidagi nuqsonli qismlar usta tomonidan bartaraf etildi. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00