
14.09.2023
Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Chust koʻcha" MFYda yashovchi fuqaro M.D. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro Kosonsoy tumanida joylashgan kredit savdo doʻkonidan 8 800 000 soʻmga muddatli to'lov asosida muzlatgich sotib olgan. Ammo oradan 3 oy oʻtib, muzlatgich nosoz holga kelib qolgan.
Ushbu murojaat yuzasidan Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganish oʻtkazildi va savdo doʻkoni xodimlari bilan kelishilgan holda Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan maxsus servis markaziga olib borildi. U yerda 10 kun mobaynida muzlatgich toʻliq taʼmirlanib, soz holatda isteʼmolchi xonadoniga yetkazildi.