Telegram-bot Virtual qabulxona

27.06.2024

Salkam 9 million so'mlik nosoz havo sovutgich sifatlisiga almashtirildi

Buxoro tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Shexoncha" MFYda yashovchi fuqaro Sh.B. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Fuqaro Buxoro tumanida joylashgan "Idea" savdo doʻkonidan 8 800 000 soʻmga "AVALON" rusumli havo sovutgich sotib olgan. Xonadoniga o‘rnatganidan 10 kun oʻtib, past kuchlanishda ishlamasligi aniqlangan va sovutgich nosoz holga kelib qolgan.

Ushbu murojaatga aniqlik kiritish maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi va “Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun talablari doirasida, Buxoro tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, tadbirkorga tushuntirish berilganidan so'ng, nosoz havo sovutgich boshqasiga almashtirib berildi. Iste'molchi murojaati ijobiy hal qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00