
09.01.2024
2023-yilning 28-dekabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “To‘rton” mahallasida yashovchi fuqaro I. D. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Zomin shahridagi maishiy texnika buyumlari sotiladigan “Shivaki” do‘konidan "Techno 6" rusumli telefon apparatini sotib olgan, ammo ushbu telefon UzIMEI ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ma'lum bo'lgan. So'ng, telefon apparatini do'konga qaytarib olib borgan, sotuvchi esa uni almashtirib bermagan.
Mazkur murojaat Zomin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, do‘konda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaroning telefon apparati UzIMEI ro‘yxatidan o‘tkazib berildi.