Telegram-bot Virtual qabulxona

14.09.2023

Asossiz qarzdorlik sud tartibida bartaraf qilindi

Farg‘ona tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Bo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.A.ning o‘ziga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlikka oydinlik kiritilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgan murojaati o‘rganildi.

Ma'lum bo‘lishicha, fuqarodan chiqindilarni olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi "MAXSUS GARANT AVTO SERVIS" MChJ foydasiga 412 500 so‘m asosiy qarz va 16 500 so‘m pochta xarajati hamda 330 000 so‘m davlat bojini undirish haqida sud buyrug‘i chiqarilgan.

Murojaat asosida tuman jamiyati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar yakunlari bilan iste'molchi M.A. nomidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga e'tiroznoma kiritildi. Ish sudda ko‘rib chiqilishi natijasida, e'tiroznoma qanoatlantirilib, sudning ajrimiga ko‘ra, murojaatchidan qarzdorlikni undirish bo'yicha chiqarilgan sud buyrug‘i bekor qilindi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00