Telegram-bot Virtual qabulxona

21.09.2023

Wi-Fi uchun to'langan pul mablag'i qayta hisob-kitob qilindi

Namangan tumani "Shoʻrqoʻrgʻon" MFYda yashovchi fuqaro X.Gʻ. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro internet to'lovini vaqtida amalga oshirgan bo'lsa-da, oʻzining yashash xonadonida foydalanadigan "Uzonline" internet xizmati 4 kun mobaynida (1-4-sentabr) umuman ishlamagan.

Holat bo'yicha Namangan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada, Toshbuloq telekommunikatsiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan isteʼmolchining xonadonida foydalanishda boʻlgan internet xizmati ishlamagan kunlari uchun taʼrif boʻyicha toʻlov amalga oshiradigan hisobraqamiga oʻrnatilgan tartibda qayta hisoblab chiqildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00