
08.08.2023
O`zbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xorazm viloyati Urganch shahar jamiyatiga Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, Karmish mahallasi, Аz-Zamaxshariy ko`chasi 45-uyda yashovchi fuqaro B.B. 2022-yil 1-noyabr kuni “Xorazm avtotex xizmati” MChJ bilan o`zaro ONIX 3LT MT rusumli yengil avtomashina sotib olish uchun №1-119-2022-44986-sonli shartnoma tuzganligi, shartnomaga asosan 163.254.000 (bir yuz oltmish uch million ikki yuz ellik to`rt ming) so`m pul mablag`i to`liq to`laganligi va 12.06.2023 yilda avtomashinani qabul qilib olganligi aniqlandi. Ammo mashina matori nosoz chiqqanligi sababli avtomashinani yangisiga almashtirib yoki mashina sotib olish uchun to`lagan pulini to`liq qaytarib berishni so`rab “Xorazm avtotex xizmati” MChJga murojaat qilgan lekin ijobiy hal qilinmaganligi sababli Urganch shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaatdagi holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Urganch shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tamonidan o`rganish ishlari amalga oshirildi.
O`rganish jarayonida murojaatdagi holatlar haqiqatligi aniqlandi va “Xorazm avtotex xizmati”MChJ maʼmuriyatiga O`zbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`grisida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirildi. Shundan so`ng “Xorazm avtotex”MChJ tomonidan fuqaroning yengil avtomashina uchun to`lagan 163.254.000 (bir yuz oltmish uch million ikki yuz ellik to`rt ming) so`m pul mablagi to`liq qaytarilishiga erishildi.