Telegram-bot Virtual qabulxona

09.08.2023

Hududiy birlashma faoliyati sarhisob qilindi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda tuman shahar jamiyatlarining birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududiy birlashma va tuman shahar jamiyatlari tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.

Ma'lumot uchun, hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlariga 6 oy davomida fuqarolardan jami 214 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shularning 209 tasi (97,6 %) ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga 1.091.185.000 so‘m qayta hisob-kitob qilingan.

Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida tuman, shahar jamiyatlari tomonidan sudlarga da'vo arizalari kiritish orqali esa 181.292.000 so‘m mablag‘ iste'molchilarga qaytarilgan.

Yig‘ilishda kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00