Telegram-bot Virtual qabulxona

18.09.2023

Salkam 7 million so'm sug'urta mablag'i qaytarib olib berildi

Chust tumani "Kamarsada" MFYda yashovchi fuqaro M.G. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, iste'molchi 2022-yil may oyida “Hayot Invest” sugʻurta kompaniyasiga aʼzo boʻlib, bir yil davomida 500 000 soʻmdan jamgʻarma mablag'i oʻtkazib borgan. Ammo 2023-yil iyun oyida jamgʻarilgan summa fuqaro tomonidan qaytarib olinishi kelishilgan bo'lsa-da, sug'urta kompaniyasi shartlarni bajarmagan.

Jamiyat raisi boshchiligida mutaxassislar murojaatni qonuniy hal qilish maqsadida  “Hayot Invest” sugʻurta kompaniyasining Namangan viloyat boshqarmasi bilan bogʻlangan holda qonuniy oʻrganib chiqdi. Oʻrganishlar natijasiga koʻra,  isteʼmolchining jamg'arilgan 6 825 000 soʻm pul mablag'i isteʼmolchiga qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00