
20.09.2024
Pop tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Chortoq" MFYda yashovchi N.M.dan ogʻzaki murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Pop tumanida joylashgan “Safina” MCHJga qarashli gʻisht sexidan qurilish mahsulotini (gʻisht) 10 000 000 soʻmga sotib olgan. Biroq ayrim sabablarga koʻra, fuqaro qurilishini toʻxtatgan va pullari qaytarilishini soʻragan, oradan ancha vaqt oʻtsa-da, hech qanday natija bo'lmagan.
Murojaat tuman jamiyati ma'sul xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi va “Safina” MCHJ mutasaddilariga Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunining tegishli moddalari talablari tushuntirib oʻtildi. Natijada, 10 000 000 soʻm pul mablagʻi toʻliq shaklda isteʼmolchiga qaytarib berilishi taʼminlandi.