Telegram-bot Virtual qabulxona

03.08.2023

Kengash yig`ilishida 6 oylik faoliyat muhokama qilindi

Bugun Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash majlisi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Qashqadaryo viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi. 

Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan isteʼmolchilardan 770 ta murojaat qabul qilinib ijroga qaratilgan. Murojaatlarning 174 tasi yozma, 571 ta murojaat ogʼzaki, 25 ta murojaat elektron shaklda boʼlib, ushbu murojaatlar tegishli tartibda oʼrganib chiqilishi taʼminlangan.

Murojaatlar soha kesimida tahlil qilinganda, 283 tasi savdo, gaz taʼminoti boʼyicha 126 ta, elektr energiyasi taʼminoti boʼyicha 128 ta, suv taʼminoti boʼyicha 58 ta, kommunal soha boʼyicha 13 ta, sogʼliqni saqlash boʼyicha 10 ta, xizmat koʼrsatish (servis) sohasi boʼyicha 23 ta, transport sohasi boʼyicha 15 ta, aloqa sohasi boʼyicha 8 ta va boshqa sohalar boʼyicha 106 tani tashkil etadi.

Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan kelib tushgan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan jami 2.688.061.465 (ikki milliard olti yuz sakson sakkiz million oltmish bir ming toʼrt yuz oltmish besh) soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilindi va undirib berildi. Shuningdek, joriy yil davomida 71 ta murojaat yuzasidan isteʼmolchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 827.385.100 soʼm zararlar sudlar orqali undirililishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00