03.05.2023
Davlatobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaro M.A.dan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro “Namangan Avtotex xizmat” MCHJ orqali “O‘zAvtomotors”AJ dan 115.445.000 so‘mga “Сobalt” rusumli avtomashina sotib olgan. Lekin avtomobil shartnomada ko‘rsatilgan holаtda bo'lmagan, yaʼni avtomagnitafon qurilmasi bilan jihozlanmagan. Shu sababli uning qiymati 114.363.000 so‘mni tashkil etishi kerak edi. Shartnomadagi to‘lov summasiga nisbatan to'langan 1.080.000 so‘m miqdoridagi ortiqcha to‘lovni qaytarib olish maqsadida fuqaro “Namangan Avtotexxizmat” ga bir necha bor murojaat qilagan, ammo muammo hal etilmagan.
Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, murojaatchi to'lagan 1 million 80 ming so'm miqdordagi ortiqcha to'lov summasi qaytarib olib berildi.