25.09.2023
Nurota tumani “Qadoq” MFY "Nog‘ora" qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sh.D. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro o‘z ehtiyojlari uchun 2020-yil oktyabr oyida 3 yilga iste'mol krediti olgan va 2023-yil 11-sentyabr kuni bank plastik kartasidan 2 041 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa-da, bank tomonidan yana 1 080 000 so‘m pul mablag‘i ortiqcha yechib olinganidan noroziligini bildirgan. Fuqaro ushbu muammo yuzasidan bank xodimlariga bir necha bor murojaat qilgan, ammo hech qanday natija bo'lmagan.
Murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi va "Milliy bank" kredit bo‘limi boshlig‘iga fuqaroning iste'molchi sifatidagi huquqlari tushuntirildi. Natijada, ortiqcha yechib olingan 1 080 000 so‘m pul mablag‘i fuqaroning bank plastik kartasiga qaytarib tashlab berildi.