Telegram-bot Virtual qabulxona

16.04.2024

Salkam 147 million so'mlik nuqsonli avtomashina maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Quva tumani "Mozortagi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi V.F.ning avtosalon tomonidan yetkazib berilayotgan avtomashinadagi nuqsonlar yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Fuqaro Farg‘ona shahridagi "Fegana motors" MChJ bilan 2023-yilning 25-dekabrida imzolangan shartnomaga asosan, qiymati 146 757 000 so‘m bo‘lgan COBALT GX-STYLE AT PLUS rusumli avtomashinani qabul qilib olishdan oldin ko‘zdan kechirib, bir qator nuqsonlari mavjudligini aniqlagan. Xususan, avtomashina eshiklari orasida bo‘shliq (zazor)lar mavjudligi, ayrim joylarida bo‘yoqlari ko‘chgan qismlari borligi, oyna rezinalarini notekis o‘rnatilganligi kabi nuqsonlarni ko‘rib, avtomashinani qabul qilishdan bosh tortgan hamda unga maqbul sifatdagi avtomobil yetkazib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

"Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 8-moddasiga ko'ra, Iste'molchi shartnoma tuzish yo‘li bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega bo‘lib, bu shartnomaga ko‘ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste'molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) majburiyatini, iste'molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.

Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari murojaat asosida o‘rganish ishlari hamda mas'ullarga qonunchilik targ‘ibotini olib borishlari jarayonida bildirilgan e'tirozlarning o‘rinli ekanligi isbotini topib, nuqsonlari mavjud avtomashina xuddi shu rusumdagi maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00