Telegram-bot Virtual qabulxona

18.10.2023

Salkam 3 million so'mlik nuqsonli televizor bepul ta'mirlab berildi

Kafolat muddati jumlasi ko‘pchilik uchun o‘z ma’nosini kasb etmaydi. Uch yillik kafolat muddati davomida nosozlik kuzatilsa, bepul servis ko‘rsatiladi, deb sotilgan qurilmada nosozlik yuzaga kelsa, "ayb o‘zingizda, servis ko‘rsatolmaymiz", deguvchi tadbirkorlar ham uchrab turadi. Navbatdagi murojaat mazmuni ham aynan shu mavzuda.

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi iste’molchi R.M. o‘tgan yilda maishiy texnika vositalari savdo do‘konidan 2 800 000 so‘m evaziga televizor xarid qilgan va uch yillik kafolati muddati bo‘yicha hujjat olgan. Ammo televizorda yuzaga kelgan nuqsonni bartaraf etish uchun tadbirkorga murojaat qilganida, uni servisga yo‘naltirish o‘rniga rad javobini berishgan.

Iste’molchi amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan. Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan dastlab, televizor servisga yuborildi. Servis xulosasiga asosan, qurilmaga iste’molchi tomonidan tashqi ta’sir yetkazilmaganligi aniqlangach, televizor mas’ul servis tomonidan bepul ta’mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00