
04.04.2024
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan ko'plab murojaat kelib tushgan.
Ma'lum bo'lishicha, koʻrsatilmagan pullik xizmatlar uchun hisoblangan noreal qarzdorliklarni undirish maqsadida "Gold boshqaruv servis xizmat kompaniyasi" MCHJ xizmat koʻrsatuvchilari tomonidan Mingbuloq tumanidagi "Mustaqillik'', "Birlashgan", "Qo’riqobod" MFYlarga qarashli ko'plab xonadonlarga talabnomalar yuborilgan. Holat Mingbuloq tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, 891 nafar fuqarolarning xonadonlariga xuddi shu mazmunda talabnomalar yuborilganligi aniqlandi.
Talabnomalarga asosan, koʻrsatilmagan xizmatlar uchun 93 000 000 so'm noreal qarzdorlik hisoblangan. Jamiyat xodimlari sa'y-harakatlari natijasida, noreal qarzdorliklar "Billing" dasturidan chiqarildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.