Telegram-bot Virtual qabulxona

22.01.2025

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Bilamizki, bugungi kunda iste'mol kreditlari tobora ommalashib bormoqda. Ammo ayrim holatlarda kredit shartnomalarining texnik va boshqa sabablarga ko‘ra noto‘g‘ri tuzilayotganligi muddati va narxlarda nomuvofiqliklar keltirib chiqarayotganiga guvoh bo‘lamiz.

Aynan mana shunaday holat yuzasidan Qiziltepa tumani "Ro‘zbiyon" MFY da yashovchi fuqaro A.H. tomonidan Navbahor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan. Unda keltirilishicha, fuqaro Navbahor tumani "Beshrabot" mahallasida joylashgan savdo do‘konidan muddatli to‘lov asosida 1 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan umumiy qiymati 5 200 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich xarid qilgan va bir yil davomida to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab, kreditni so'ndirgan bo‘lsa-da, uning plastik kartasidan qo‘shimcha ravishda pul yechilib kelgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilganida fuqaro keksaligi sababli shartnoma shartlari bilan tanisha olmaganligi va savdo xodimlari tomonidan og‘zaki ravishda “bir yilga tuzildi deb” tanishtirilganligi, shartnomada esa “bir yarim yilga hamda 1 dona muzlatgich emas, muzlatgichlar to‘plamiga tuzulganligi” ma’lum bo‘ldi. Natijada, tadbirkorga iste’molchining qonuniy haq-huquqlari Respublikamizda bo‘lgan qonunchilik talablari batafsil tushuntirilgach, tadbirkor tomonidan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilindi va ortiqcha to‘langan pul mablag‘i iste’molchiga qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00