
16.10.2023
Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning "Mustaqillik" ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A.tomonidan murojaat kelib tushgan.
Iste'molchi murojaatida Farg‘ona shahridagi bozordan 1 200 000 so‘mga elektropech xarid qilgani, ammo bir hafta o'tmasdan uning buzilib qolgani, sotuvchining esa tovarni almashtirish yoki pulini qaytarishdan bosh tortganligini ma'lum qilgan.
Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish asnosida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari, shuningdek, iste'molchining qonuniy talablarini asossiz rad etish natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, sotuvchi nuqsonli tovarni qaytarib olib, iste'molchining pulini qaytarishni afzal ko‘rdi.