Telegram-bot Virtual qabulxona

22.05.2024

600 metr sifatsiz rezina shlang sifatlisiga almashtirib berildi

Koʻkdala tumanida yashovchi fuqaro A.A. shaxsiy tomorqasida dehqonchilik uchun foydalanish maqsadida tumandagi xoʻjalik mollari savdo doʻkonidan 2 million 100 ming soʻmga 600 metr rezina shlang sotib oladi. Ammo mahsulotdan ikki kun ham foydalanmasdan, unda turli teshik va yoriqlar hosil boʻlib, yaroqsiz holga kelib qoladi. Sifatsiz shlangni esa sotuvchi qaytarib olmaydi.

Fuqaro Koʻkdala tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, bu haqda ma'lum qiladi. Uning murojaati oʻrganilganda iste'molchi sotib olgan shlang amaldagi davlat standarti talablariga muvofiq ishlab chiqarilmaganligi aniqlanadi.

Murojaatni oʻrganish davomida sotuvchiga bunday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish qoidalari xususida tushuntirishlar berildi va sifatsiz mahsulot sotuvchiga qaytarilib, iste'molchiga 600 metr sifatli rezina shlang olib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00