Telegram-bot Virtual qabulxona

20.05.2024

Vaqtida bajarilmagan buyurtma puli iste'molchiga qaytarildi

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.Q. mebel ishlab chiqarish ustaxonasiga oshxona mebeli yasab berishni buyurtma qiladi. Kelishuvga koʻra, iste'molchi tomonidan yasab berilishi kerak boʻlgan mebel uchun 1 million 500 ming soʻm hamda 300 AQSh dollari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi. Biroq ustaxona tomonidan oshxona mebeli belgilangan muddatlarda yetkazib berilmaydi. Fuqaroning bu haqda qilgan bir necha murojaati e'tiborsiz qoldirilib, uning ogʻzaki kelishuvni bekor qilish haqidagi talablari bajarilmaydi.

Fuqaroning ushbu masala xususida Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida mebel yasash ustaxonasi mas'ullari tomonidan 3 oy davomida iste'molchidan olingan buyurtmani bajarmasligining sabablariga oydinlik kiritildi va amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablariga muvofiq, ogʻzaki tartibdagi shartnoma bekor qilinishi hamda amalga oshirilgan toʻlovlar toʻliq iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00