Telegram-bot Virtual qabulxona

10.04.2023

Tadbirkor muammosi bartaraf etildi

Yozyovon tumanida yashovchi M.M. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Fuqaro murojaatida ma'lum qilishicha, elektr ta'minoti korxonasi tomonidan murojaatchi tasarrufida bo'lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasida iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun 15 142 379 so‘m qarzdorlik hisoblangan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida amalga oshirilgan qayta hisob-kitoblar esa qarzdorlik summasi aslida 10 142 379 so‘mni, ya'ni dav'o qilingan summadan 5 million so‘mga kam ekanini ko‘rsatdi. Natijada, jamiyat xodimlari tomonidan javobgar korxonaga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, fuqaro M.M.ga esa yuzaga kelgan qarzdorlikni tezkorlikda bartaraf etish lozimligi tushuntirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00