Telegram-bot Virtual qabulxona

24.03.2023

21 million 350 ming so‘mlik sifatsiz gilam yangisiga almashtirib berildi

Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro R.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2 oy oldin Buxoro shahridagi gilam do‘konidan 21 million 350 ming so‘mga 157 kvadrad metr gilam xarid qilgan, uyga olib kelganida esa gilamning 39 kvadrad metrida turli nuqsonlar borligi ma'lum bo'lgan. Shundan so'ng, iste'molchi sifatsiz tovarni do‘konga qaytargan, ammo savdo do‘koni mas'ullari turli bahonalar bilan gilamni almashtirib bermagan.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o'rganilib, fuqaro xarid qilgan 21 350 000 so‘mlik gilam sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00