Telegram-bot Virtual qabulxona

19.10.2023

Nuqsonli smartfon uchun to‘langan 3 million so'm o'z egasiga qaytarildi

Smartfonlar bozorida raqobat yana-da rivojlanib borayotgan bir davrda ular bilan bog‘liq turli muammoli holatlarga ham guvoh bo‘lish mumkin.

Romitan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro E.H. "Zarxal Minor" MCHJ ga qarashli mobil aloqa vositalari savdo do‘konidan 3 000 000 so‘mga smartfon xarid qilgan. Qurilmada nuqson kuzatilgach, sotuv xodimlariga murojaat qilgan. Ammo  iste'molchi muammosi hal qilib berilmagan.

Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi natijasida, iste’molchi tomonidan nuqsonli smartfon uchun to‘langan to‘lov to‘liq qaytarildi va murojaat ijobiy hal etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00