Telegram-bot Virtual qabulxona

25.08.2023

Sifatsiz romlar uchun to‘langan to‘lov qaytarildi

Tashqi va ichki haroratni mo‘tadil saqlaydigan, ovoz izolatsiyasiga ega bo‘lgan alyumin romlarning afzalliklari talaygina. Ammo sifat masalasida barcha ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilar birdek rozi deb bo‘lmaydi.

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.A tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorga 5 100 000 to‘lovni amalga oshirib, akfa romlari buyurtma qilgan. Hamma muammo romlar o‘rnatilgach boshlangan. Sifatsiz ishlab chiqarilgan romlar deraza o‘lchamida bo‘lishiga qaramasdan o‘rnatilgach qisman ochiq qismlar payqalgan. Romlar sifatidan norozi iste’molchi yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki muroaat qoldirgan.

Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan  murojaat chuqur o‘rganilib, holatga oydinlik kiritildi. Tadbirkorga zaruriy ko‘rsatma va tushuntirishlar berilgach, sifatsiz rom uchun to‘langan to‘lov iste’molchiga to‘liq qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00