Telegram-bot Virtual qabulxona

14.09.2023

Oʻlchami mos kelmagan poyabzal puli isteʼmolchiga qaytarildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Kichik Jomashuy" MFYda yashovchi fuqaro A.Sh.ning murojaati oʻrganildi.

Isteʼmolchining soʻzlariga koʻra, Mingbuloq tuman dehqon bozoridan qizi uchun 250 000 soʻmga oyoq kiyim sotib olgan. Ammo poyabzal uyga olib kelingach, oʻlchami mos emasligi maʼlum boʻlgan. Fuqaro 2 kundan so'ng, bozorga qaytarib olib borib, sotuvchiga holatni tushuntirganida esa "sotilgan tovar qaytarib olinmaydi" degan javobni olgan.

Amaldagi "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning 18-moddasiga koʻra, isteʼmolchi xarid qilingan nooziq-ovqat tovarini 10 kun muddat ichida xuddi shunday tovarga almashtirib olish, agar sotuvda bunday tovar qolmagan boʻlsa pulini qaytarib olish huquqiga ega. Faqat bunda tovardan foydalanilgan boʻlmasligi, u shikastlanmagan, qadogʻi bilan qaytarilgan, uning isteʼmol xususiyatlari saqlangan boʻlishi talab etiladi.

Mingbuloq tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni oʻrganish davomida sotuvchi bilan uchrashib, qonun talablarini tushuntirganlaridan soʻng, sotuvchi isteʼmolchining 250 000 soʻm pulini qaytarib berdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00