
13.02.2025
Sirdaryo tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.X. nomidan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, murojaatchi Sirdaryo tumani Baxt shahar dehqon bozori hududida joylashgan savdo do'konidan salkam 9 million so'mlik elektroskuterni bir yillik muddatli to'lov asosida xarid qilgan. Ammo skuter bir hafta ichida nosoz holatga kelib qolgan. So'ng, fuqaro doʻkon xodimlariga holatni ma'lum qilib, nosoz mahsulotni almashtirib yoki ta'mirlab berilishini talab qilganda rad javobini olgan.
Tuman jamiyati xodimlari murojaatni oʻrganib, do'kon xodimlariga amaldagi qonunchilik asoslarini tushuntirishdi. Natijada, isteʼmolchi sotib olgan elektroskuter bepul taʼmirlab berildi.