
14.02.2024
Import qiluvchi Oʼzbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalarni miqdoriy import qilishda sotish uchun ularning IMEI kodlarini roʼyxatdan oʼtkazish uchun javobgardir. Agar mobil qurilma Oʼzbekiston Respublikasi hududida xarid qilingan boʼlsa, isteʼmolchi roʼyxatdan oʼtkazish uchun pul toʼlamaydi, chunki import qiluvchi javobgar boʼladi, shuning uchun mobil qurilmani sotib olayotganda roʼyxatdan oʼtish holatini tekshirishni qatʼiy tavsiya qilamiz.
Namangan tumani "Kichik Qurama" MFYda yashovchi A.E. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, 2022-yil taxminan iyun oylarida tuman markazida joylashgan "Farovon" maishiy savdo do'konidan naqd pul evaziga 2 300 000 so'mlik "Redmi Note 11" rusumli telefon apparatini xarid qilgani va hozirgi vaqtga kelib telefonning ro'yxatdan o'tganlik muddati tugaganligi mazmunida sms-xabarnoma kelganligini ma'lum qilgan. Fuqoro holatga aniqlik kiritish maqsadida savdo do'koni mas'ullariga murojaat qilganda ular bu holat yuzasidan javobgar emasligini aytib, fuqoroga rad javobini berishgan.
Murojaat Namangan tumani ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan o'rganildi va savdo do'koni mas'ullariga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi Qonunning 13-moddasi tartibida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, fuqoroga telefon apparatini qayta IMEI-kod ro'yxatidan o'tkazish uchun to' lanishi lozim bo'lgan 130 000 so'm pul mablag'i undirib berildi. Iste'molchining huquqi qonuniy himoya qilinib, ijobiy hal etildi.