Telegram-bot Virtual qabulxona

19.04.2023

85 million so'mlik avtomashina o'z egasiga yetkazildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani "Istiqlol" mahallasida yashovchi fuqaro L.A. federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Keltirilishicha, murojaatchi “O‘zAvtoMotors”ning Qarshi shahar filiali bilan “Labo” rusumli avtomashina sotib olish uchun shartnoma tuzgan. Unga ko'ra, 85 million so‘m to‘lovni amalga oshirgan, biroq transport vositasi mart oyida yetkazib berilishi belgilangan bo'lsa-da, mashinadan darak yo‘qligini maʼlum qilgan.

O‘rganish jarayonida avtosalon mutasaddilariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va avtosalondan fuqaroga “Labo” avtomashinaning yetkazib berilishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00