
19.12.2024
Bag‘dod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Qo‘shtegirmon" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.N.ning 5 100 000 so‘mga xarid qilingan muzlatgich nuqsonli chiqqanligi va sotuvchi tomonidan undagi nuqsonlarni bartaraf etib berish choralari ko‘rilmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Iste'molchi "Biryusa" rusumli muzlatgichni Qo‘qon shahrida joylashgan savdo do‘konidan shu yilning sentyabr oyida xarid qilgan. Unda nuqson mavjudligi aniqlangach, yuzaga kelgan muammoni o‘z kuchi bilan hal qila olmagan. Shundan so‘ng, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan holatlarga aniqlik kiritib olingach, shu rusumdagi maishiy texnika buyumlariga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi markaz mutaxassisini jalb qilgan holda, muzlatgichdagi nuqsonni amaldagi qonunchilik talablari asosida, kafolat muddati belgilangan tovarlarda kafolat muddat ichida yuzaga kelgan nuqsonlarni bepul bartaraf etib berilishi shartlarida texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, soz holatga keltirib berildi.