
07.11.2024
Dehqonobod tumani O'zbekiston mahallasida yashovchi fuqaro J.M. “Uzum market” internet do'konidan muddatli to'lov asosida "Infinix" rusumli uyali aloqa vositasi sotib oladi. Biroq unga yetkazib berilgan telefon nosoz bo'lib chiqadi. Nosoz mahsulot sabab yuzaga kelgan muammoga iste'molchi va sotuvchi o'zaro kelishgan holda yechim topa olishmaydi.
Fuqaroning shu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o'rganildi. O'rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik va internet do'konlari orqali mahsulotlar sotishning o'ziga xos xususiyatlari haqida tushuntirishlar berildi va nosoz uyali aloqa vositasi sotuvchiga qaytarilib, uni sotib olish uchun rasmiylashtirilgan 3 million so'mlik shartnoma bekor qilinishi ta'minlandi.